Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Iroqda 5 yil oldingi portlashlarni uyushtirgan shaxs qo‘lga olindi

Iroqda 5 yil oldingi portlashlarni uyushtirgan shaxs qo‘lga olindi

Iroq hukumati 2016 yilda Bag‘dod savdo markazida portlashni uyushtirgan shaxs dushanba kuni hibsga olinganini ma’lum qildi. Besh yil avvalgi portlash natijasida 300 dan ortiq inson hayotdan ko‘z yumgan va 250 kishi jarohatlangan edi. Bu terakt Saddam Husayn taxtdan ag‘darilganidan so‘ng, 2016 yilda markaziy Karrada hududida terrorchining o‘zini portlatishi natijasida uyushtirilgan hujum Iroq poytaxtida sodir etilgan eng qonli hodisa bo‘lgan edi.

"Terrorchilar Karradada portlash uyushtirganidan besh yil o‘tgach, bizning kuchlarimiz terrorchi G‘azvan Al-Zobayni mamlakat tashqarisidagi murakkab razvedka operasiyasida qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi” - degan bosh vazir Mustafo al-Qadimiy.

Assoshieyted Press agentligiga ismini oshkor qilmagan Iroq razvedkasining ikki rasmiysi, qo‘shni davlat bilan hamkorlikda o‘tkazilgan murakkab operasiyada G‘azvan al-Zobayning tutilganini aytgan.

«Al-Qoida»ning a’zosi bo‘lgan 29 yoshli Az-Zobay, 2008 yilgacha amerikaliklarning Iroqdagi Kropper qamoqxonasida hibsda bo‘lgan. 2013 yilda Abu Greyb qamoqxonasidan qochib ketib ISHID guruhiga qo‘shilgan.

Iroq rasmiylari o‘tgan dushanba kuni ISHID yetakchisi Sami Jasimni chet eldagi xuddi shunday operasiyada qo‘lga olinganini ma’lum qilishgan. Jasimning boshi uchun AQSh Davlat departamentining «Adolat uchun mukofotlar» dasturi doirasida 5 million dollarlik mukofot belgilangan edi.

Kiritildi: 19:37 19.10.2021. O'qildi: 1963 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!