Bugun 7 avgust, 2026 yil, juma

КИР

Iroq Turkiya orqali neft eksportini oshirmoqda

Iroq Turkiya orqali neft eksportini oshirmoqda

Bag‘dod mamlakat janubidagi konlardan neft yetkazib berish hajmini shimoliy quvurlar orqali kuniga 700 ming barreldan oshirishni rejalashtirmoqda.

Iroq neft vaziri Basim Muhammad Hudayirning mahalliy OAVga ma’lum qilishicha, Iroq va Turkiya 1 avgust kuni neft sohasidagi amaldagi kelishuvlarni yana bir yilga uzaytirish to‘g‘risidagi bitimni imzolagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu davr mobaynida tomonlar neft-gaz sohasidagi hamkorlikni tartibga soluvchi uzoq muddatli ramkaviy kelishuv loyihasini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.

Hudayir ta’kidlashicha, kelishuvning asosiy maqsadlaridan biri Iroq janubidagi neft konlaridan eksport hajmini shimoliy quvurlar orqali kuniga 700 ming barreldan ortiq darajaga yetkazish hisoblanadi.

Kiritildi: 20:02 06.08.2026. O'qildi: 969 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!