Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Iroq Ozarbayjonni neft va gaz qazib olishga taklif qiladi

Iroq Ozarbayjonni neft va gaz qazib olishga taklif qiladi

Iroq Bosh vaziri Muhammad al-Sudaniy Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramovni qabul qildi va u bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Iroq Bosh vaziri Ozarbayjon vaziriga Bokuning Iroq xavfsizligi va barqarorligi uchun doimiy yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.

Iroq hukumati rahbari Ozarbayjon davlat kompaniyasi SOCAR Iroq neft va gaz konlarini o‘zlashtirishda ishtirok etishni taklif qildi. Energetika sohasiga sarmoya kiritish uchun qo‘shma korxonalar tashkil etilishi kutilmoqda.

Uchrashuvda mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar, jumladan, G‘azo sektori va Livandagi vaziyat ham muhokama qilindi.

Kiritildi: 15:47 08.05.2025. O'qildi: 700 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!