Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Iqlim o‘zgarishiga qarshi namoyishlar Nyu-York, London ko‘chalarini qamrab oldi

Iqlim o‘zgarishiga qarshi namoyishlar Nyu-York, London ko‘chalarini qamrab oldi

60 mingdan ziyod kishi Nyu-York ko‘chalarida bo‘lib o‘tgan iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga qaratilgan namoyishda qatnashgan.

Shu bilan birga, 16 yoshli shved faoli Greta Tunberg 250 ming tarafdorlari bilan shahar ko‘chalariga chiqqan. Bu xaqda TASS xabar beradi.

Agentlik shved faoli bayonotidan iqtibos keltirgan. “Biz iqlim inqirozini yengish uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz, hatto u maktabda darslarni tashlab ketish yoki ishdan bo‘shatish bilan bog‘liq bo‘lsa ham, chunki bu muhimroq“, degan Tunberg.

Ushbu aksiya dushanba kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotida iqlim sammiti ochilishi arafasida boshlangan bo‘lib, ekologiya faollarining fikriga ko‘ra, davlatlar iqlim o‘zgarishiga qarshi jiddiy kurashmayapti.

BMT iqlim sammiti arafasida Londonda ham 100 mingga yaqin ekologiya jonkuyarlari shahar ko‘chalariga chiqqan.

Ma’lumot o‘rnida, shved faoli Tunberg mart oyida tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod bo‘lgan.

Kiritildi: 08:00 22.09.2019. O'qildi: 1516 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!