Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Iqbol Mirzo: Qabul qilgan qarorimiz natija bermadi

Iqbol Mirzo: Qabul qilgan qarorimiz natija bermadi

“Keyingi paytlarda bizga kelayotgan murojaatlarda to‘y-hashamlar, ma’raka va marosimlarni tadbirlar tartibga solish masalasi nima uchun to‘xtab qoldi degan ko‘p savollar kelib tushyapti”, dedi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Iqbol Mirzo bugun, 14 sentyabr kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi Kengashlarining qo‘shma majlisida. “Tuy xashamlarni soddalashtirish buyicha 2018 yilda qabul qilgan qaror qabul qilganmiz, Lekin biz mas’uliyatni jamoatchilik, hududlardagi komissiyalarga yuklanganmiz. Afsuski natija bo‘lmadi. Afsuski, bachkanalik, pul sochish, qator-qator mashinalarda sayr qilish hamon mavjud. To‘y-hashamlarda, oilaviy tantanalarda, ma’raka va marosimlarda, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazishda shuhratparastlik, o‘zini ko‘z-ko‘z qilish, boshqalarning ijtimoiy ahvolini inobatga olmaslik, isrofgarchilik, xalqimizning urf-odatlari va an’analarini mensimaslik kabi illatlar ko‘zga tashlanmoqda”, dedi Iqbol Mirzo. “Ayrim fuqarolar dabdabali to‘y marosimlari va ularni o‘tkazishga sarflanadigan katta xarajatlar oqibatida qarzga botmoqda va undan qutulish maqsadida chet elga ishlash uchun chiqib ketmoqda. Ba’zi fuqarolar oilaviy tadbirlarni dabdaba bilan o‘tkazishni qo‘shnilar, qarindoshlar tomonidan bo‘ladigan tanqidlardan, umuman olganda, ijtimoiy tazyiqdan xalos bo‘lish vositasi sifatida tushunmoqda. 
Vaholanki, bunday tadbirlar yaqin qarindoshlar o‘rtasida qarzdorlikning vujudga kelishiga va oqibatda keskin ziddiyatlarga olib kelyapti. Mana shu masalada sudlashib yurgan qarindosh-urug‘larni ko‘ryapmiz. 
Aksariyat to‘yxonalarda esa, maroismlarni o‘tkazib olishda 2-3 barobar ko‘p haq olish hollari kuzatilyapti. 
Iqbol Mirzoga ko‘ra, oilaviy tadbirlarni tartibga solish kerak. Tuy xashamlar murojaatlarda to‘y-hashamlar, ma’raka va marosimlarni tadbirlar tartibga solish bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlandi. Bu borada Nizom tasdiqlanishi kutilyapti. Nizom 5 bob, 22 banddan iborat bo‘ladi.

Kiritildi: 13:50 16.09.2019. O'qildi: 4173 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!