Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

iPhone 15'ning dizayni o‘zgarmoqda

iPhone 15'ning dizayni o‘zgarmoqda

Ko‘pchilik so‘nggi avlod iPhone smartfonlarini stoldan olishga qiynalishini aytadi, chunki smartfon tep-tekis qirrali dizaynga ega va shu sabab stolga yopishib turadi. Yaxshiyamki, qurilmaning bo‘rtib chiqib turgan orqa kameralari ishni yengillashtiradi. Biroq bu navbatdagi iPhone'lar bilan yanada osonlashadi.

Apple'ning yangi avlod iPhone smartfonlari titan tanaga ega bo‘lishi avval ham mish-mish qilingan edi. Taniqli insayder, ShrimpApplePro ushbu ma’lumotni yana bir marta tasdiqladi va shu bilan birga u iPhone 15 smartfonlarining orqa tomoni chegaralari yumaloqlangan bo‘lishini aytdi. Bu smartfonlar iPhone 5C'ga o‘xshash ko‘rinish ya’ni old tomoni tekis, lekin orqa tomoni chegaralari biroz yumaloqlangan dizaynga ega bo‘ladi.

Kiritildi: 16:53 23.11.2022. O'qildi: 2377 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!