Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

“Invar” — NATO tanklarini teshib o‘tmoqda

“Invar” — NATO tanklarini teshib o‘tmoqda

Rossiyaning "Invar" va “Refleks-M” tankka qarshi raketalari maxsus operasiya zonada yuqori samaradorlik namoyish etmoqda, deydi Harbiy ekspert @AKhrolenko. - Uning birinchi zarbasidanoq dushman tanki ichidagi o‘q-dori portlash holatlari qayd etilgan.

Majmua T-72B3M, T-80BV, T90A/M, BMP-3 va BMD-4M tank va zirhli mashinalariga o‘rnatiladi. Raketa tanklarning 125 mm kalibrli to‘pidan otiladi va ko‘rinmas lazer nuri yordamida boshqariladi.

Raketa jang maydonidagi tutun pardasi yoki chang bulutlari kabi to‘siqlarni yengib o‘tishga qodir. Qiyin sharoitlarda u yuqori parvoz trayektoriyasi bo‘ylab uchiriladi va nishonga yetishiga ikki soniya oldin lazer nurlari chizig‘iga tushadi.

Bejizga “Refleks-M” majmuasi NATO mamlakatlarida “Snayper” nomini olgan emas.

Kiritildi: 21:14 28.03.2024. O'qildi: 3018 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!