Bugun 11 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Intellektual faoliyat bo‘yicha tanlovlar tashkil etiladi

Intellektual faoliyat bo‘yicha tanlovlar tashkil etiladi

Hukumat qarori bilan “Intellektual faoliyat bo‘yicha tanlovlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Ushbu Nizom intellektual faoliyat bo‘yicha tanlovlarni tashkil etish, o‘tkazish, tanlov ishtirokchilarini baholash va g‘oliblarini taqdirlash tartibini belgilaydi.

Nizomga ko‘ra, tanlov quyidagi nominasiyalar bo‘yicha tashkil etiladi:

  • “Eng yaxshi ixtiro”;
  • “Eng yaxshi foydali model”;
  • “Eng yaxshi sanoat namunasi”;
  • “Eng yaxshi elektron hisoblash mashinasi uchun yaratilgan dastur va ma’lumotlar bazasi”;
  • “Eng yaxshi seleksiya yutug‘i”.

Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi:

  • 1-bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida;
  • 2-bosqich – respublika miqyosida.

Tashkilotchi har yili 1 mayga qadar tanlov shartlari va baholash mezonlarini tasdiqlaydi hamda o‘z rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tanlovni e’lon qiladi.

Tanlovning 2-bosqichi g‘olib va sovrindorlari BHMning quyidagi miqdorlarida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

  • 1-o‘rin egalariga – 150 baravari;
  • 2-o‘rin egalariga – 125 baravari;
  • 3-o‘rin egalariga – 100 baravari.
Kiritildi: 21:44 10.04.2026. O'qildi: 171 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!