Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Instagram’da ovozli xabarlar paydo bo‘ldi

Instagram’da ovozli xabarlar paydo bo‘ldi

Instagram butun dunyo bo‘ylab yangi funksiyani ishga tushira boshladi: ovozli xabarlar bilan almashish. Bu haqda TechCrunch yozmoqda.

Xabarni yozish uchun mikrofonni bosish kerak, ovozli xabarning maksimal vaqti esa bir daqiqani tashkil etadi. Yozuvlarni bir necha marta eshitish mumkin, ular xabarlar tarixidan o‘chib ketmaydi.

Ovozli yozuvni iOS va Android ilovalari orqali shaxsiy hamda guruh chatlarida yuborish imkoniyati bor. Instagram yangi funksiya yordamida Viber, Telegram, Facebook Messenger va WhatsApp messenjerlari bilan raqobatlasha oladi.

Kun.uz

Kiritildi: 14:09 11.12.2018. O'qildi: 1604 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!