Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Insoniyatning eng ashaddiy dushmani

Insoniyatning eng ashaddiy dushmani

Ulamolar aytadilarki:

“Allohni yaxshi tanigan orifning g‘ami Allohni maqtashdir. Zohidning g‘ami esa duodir. Chunki Allohni yaxshi tanigan kishining g‘ami Robbisidir, zohidning g‘ami esa faqat o‘zidir”.

Izoh: Orif so‘zi lug‘atda “irfon sohibi” ma’nosini bildiradi. Istilohda Allohni tom ma’noda tanigan, irfon va ma’rifat sohibi bo‘lmish inson “orif” deyiladi. Ma’rifati butunlay Allohga bog‘langan orif “valiy” yoki “orifi billoh” deyiladi. Zohid so‘zi “zuhd” so‘zidan olingan bo‘lib, lug‘atda “yuz o‘giruvchi, tark etuvchi” ma’nolarini bildiradi. Istilohda esa Alloh roziligi yo‘lida riyozatga berilgan, nafs vasvasalaridan, dunyo hoyu havaslaridan yuz o‘girgan kishi “zohid” deyiladi. Zohidlar Allohning zikriga xalal beruvchi hamma narsani tark etib, dunyoga havas qo‘yishmaydi. Bu so‘zda orif bilan zohid kishi orasini taqqoslab, orif bo‘lgan kishi kuchli ekani aytilmoqda.

Ba’zi hakim zotlardan rivoyat qilinadi:

“Kim Allohdan a’loroq, yaqin do‘st bor, deb gumon qilsa, uning Allohni tanishi oz ekan. Va kimdir nafsidan ham ashaddiyroq dushmani bor, deb gumon qilsa, u o‘z nafsini tanishi oz ekan”.

Izoh: Alloh taolo biz uchun eng yaqin va haqiqiy do‘stdir. Allohni do‘st bilganlarga Alloh hech qachon xiyonat qilmaydi, uni dunyo va oxiratda aziz qiladi. Inson uchun dunyodagi eng ashaddiy dushmani bu o‘z nafsidir. 

Manba: muslim.uz

Kiritildi: 23:40 05.06.2020. O'qildi: 4181 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!