Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Insoniyat tarixida eng issiq ob-havo rekordi qayd etildi

Insoniyat tarixida eng issiq ob-havo rekordi qayd etildi

BMTning butun dunyo meteorologiya tashkiloti tomonidan xabar qilinishicha, 2019 yil eng issiq yillardan biri bo‘ladi. 2015 yildan to 2019 yilga qadar bo‘lgan besh yillik muddat esa ob-havo o‘zgarishlari kuzatilgan yillar davomida eng jaziramasi bo‘ladi.

Hozircha Yevropadagi me’yordan ortiq issiq ob-havoning sababi iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liqligi haqida gapirishga erta. Ammo mintaqada 40 gradusdan yuqori ob-havo kuzatilishi holatlari yil o‘tgani sari ko‘proq bo‘lishi aytilmoqda.

2019 yilda Yevropada ro‘y berayotgan jaziramaning sababi yuqori bosimga ega ikki hudud bilan bog‘liq. Grenlandiya yaqinidagi va shimoli-markaziy Yevropadagi yuqori bosimli hududlar ob-havoni sovutishi lozim bo‘lgan siklonni to‘sib qolmoqda. Aksincha, Ispaniya va Afrika cho‘llaridan Yevropaga issiq havo kirib kelmoqda. 

Olimlar bunday ob-havo yuzlab va hatto minglab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lishidan havotir olmoqda. Mutaxassislarning hisob-kitobiga qaraganda 2003 yilgi jaziramada Yevropada 70 ming odam vafot etgan. O‘tgan yilning yozida esa Germaniyada kamida 1000 kishi vafot etgani aytilmoqda.

Kiritildi: 05:02 29.06.2019. O'qildi: 2949 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!