Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Insoniyat hech qachon koronavirusga qarshi vaksina yarata olmasligi mumkin. Chunki...

Insoniyat hech qachon koronavirusga qarshi vaksina yarata olmasligi mumkin. Chunki...

Buyuk Britaniya hukumatining bosh ilmiy maslahatchisi Patrik Vallancning aytishicha, insoniyat hech qachon koronavirus vaksinasini yarata olmasligi mumkin. U, Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan koronavirus bo‘yicha brifingda vaksina ishlab chiqish «juda qiyin ish» ekanligini ta’kidlagan.

“Men aytishim mumkinki, hozirgacha juda katta yutuqlarga erishildi va dunyoda bir qator vaksinasiya dasturlari rivojlanmoqda. Hozircha hammasi yaxshi. Menimcha, vaksina yaratish ehtimoli oldingidan biroz kattaroq. Ammo, biz birorta vaksina yaratilmaguncha uni yarata olamizmi yoki yo‘q, buni bilmaymiz” deydi Vallans.

Eslatib o‘tamiz, hozirda AQSH, Xitoy, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlardagi olimlar koronavirusga qarshi vaksinalar va virus bilan kasallanganlarni samarali davolashni ta’minlaydigan dori-darmonlarni yaratish ustida ish olib bormoqda hamda ularga katta miqdorda mablag‘lar sarflanmoqda.

Kiritildi: 18:08 14.05.2020. O'qildi: 7100 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!