Hasad – bu qadimdan bor bo‘lgan gunoh, uning boshlanishi Iblisga borib taqaladi. Iblis, Odam alayhissalomga Alloh Taolo tomonidan berilgan maqomga hasad qildi. Iblis o‘zining kibri va hasadi tufayli Odam alayhissalomga ta’zim qilishdan bosh tortdi va Allohning rahatidan quvildi.
Hasad, Alloh Taolo taqdir qilganiga noshukr bo‘lishni va birovga marhamat qilganini ko‘rolmasligini ifodalashdir. Hasad – bu, birovga berilgan ne’matdan, o‘sha inson quruq qolishini hohlashdir.
Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam dedilar:
“Sizlarga avvalgilarning kasali tegibdi – hasad va adovat (nafrat). Bu kasallik tig‘ kabidir, biroq u sochni qirmaydi, balki, taqvoyingizni “qiradi”. Jonim Qo‘lida bo‘lgan Zotga qasam! Mo‘min bo‘lmaguningizgacha jannatga kirmaysizlar. Bir-biringizga muhabbat va hurmat hissini tuymaguningizgacha, mo‘min bo‘lmassizlar. Bularni kuchaytiruvchi amallarni sizlarga aytaymi? Bir-biringiz ichingizda salomni tarqatinglar”. (Imom Ahmad).
Hasaddan shifo topish qiyin, hattoki u shifosi yo‘q bo‘lgan kasallik va o‘ldiruvchi zahardir. U har doim qayg‘u, alam, tuganmas dard olib keladi. Osmonlarda sodir bo‘lgan eng birinchi gunoh, bu Iblisning Odam alayhissalomga qilgan hasadidir.
Alloh Taolo marhamat qildi:
“Esla, Farishtalarga: “Odamga sajda qilinglar!” dedik. Bas, sajda qildilar, faqat iblisgina bosh tortdi!” (Toha surasi, 116-oyat)
Hasad, yerda ham sodir bo‘lgan birinchi gunohdir. Odam (alayhissalom)ning o‘g‘illaridan biri ikkinchisiga hasad qilib, uni, shu illat tufayli, o‘ldirdi. Hasadning salbiy taraflari shunchalar ko‘pki, sanab sanog‘iga yetib bo‘lmaydi, va shunchalar hammaga ayyonki, yozishga zarurati ham yo‘q.
Qur’oni Karimda Alloh Taolo marhamat qiladi:
“Ularga Odamning ikki o‘g‘li xabarini haq ila tilovat qilib ber. O‘shanda ikkovlari qurbonlik qildilar, bas, birlaridan qabul qilindi, boshqasidan qabul qilinmadi. U: «Albatta, men seni o‘ldirajakman», – dedi. (Narigisi) aytdiki: «Albatta, Alloh taqvodorlardangina qabul qiladir. Moida Agar meni o‘ldirish uchun menga qo‘l cho‘zsang ham, men seni o‘ldirish uchun senga qo‘l cho‘zuvchi emasman. Albatta, men olamlarning Robbi Allohdan qo‘rqaman.” (“Moida” surasi, 27-28-oyatlar)
Hasad – hammaning tanayu-ma’lomatiga arziydigan sifatdir. U insonga va uning diyniga zarar keltiradi. Alloh Taolo Qur’onda bizlarga, hasadchining yomonligidan O‘zidangina panoh so‘rashga amr etdi.
Hatto, hasadning hunuk ahloq ekanligidan tashqari, atrofdagilarga undan ziyod salbiy hislatining ta’siri bo‘lmaganida ham, shuning o‘zi ham, undan chekinishga kifoya qilardi. Qanday qilib undan yiroqlashmaylik, axir u Alloh Taologa nisbatan yaqqol dushmanlik va Uning amrlari hamda taqdiriga bo‘ysunmaslik bo‘lsa.
Hasadchining nafratining natijasi – bu hasad qilayotgan kishisi, Alloh Taoloning marhamatiga munosib ekanligiga ishonmasligidir. U, Borliqning Yaratuvchisini, O‘zining marhamatini yaratgan bandalari o‘rtasidagi taqsimotining nohaqligida ayblaydi. Albatta, bu Alloh Taologa beodoblik va Unga nisbatan isyondir.
Shu yo‘l bilan, hasadchi niyatida Iblis bilan birga bo‘ladi va har insonga yaxshilik qilish kerak, deb hisoblagan, Payg‘ambar alayhissalomlardan yiroqlashadi. Ibn Hibbon o‘zining sahih hadislar to‘plamida va Boyhakining “Shu’ayb al-iymon” kitobida, Abu Hurayra roziyallohu anhu dan qilingan rivoyatda, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar:
“Bandaning qalbida iymon va hasad birga bo‘lolmaydi” (Ibn Hibbon).
Bu hadis shuni namoyon etadiki, Islom dini olimlari aytganidek, Allohning har ishida Uning hikmatini ko‘ra bilgan, haqiyqiy iymon egasi, Allohning O‘z marhamatini taqsimlashiga nafrat qilguvchi hasadga qarama-qarshidir.
Yuqorida keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, hasad inson uchun eng katta gunoh va yaramas hislat ekan. Shuning uchun har bir inson, bu qalb kasalidan qutulmog‘i kerak.
Muhammad ibn Sirin (Alloh O‘z rahmatiga olsin) dedi:
“Men hech qachon dunyo ishlarida hech kimga hasad qilmaganman. Agar bu inson, (men hasad qilishim mumkin bo‘lgan kimsa) Jannat ahlidan bo‘ladigan bo‘lsa, dunyo ishlarida, Jannatga kiruvchiga qanday qilib hasad qilishim mumkin. Agar bu inson Do‘zax ahlidan bo‘ladigan bo‘lsa, qanday qilib, Do‘zaxga kiruvchining dunyo ishlarida hasad qilishim mumkin” (“Ix’ya ’ulum ad-din”).
Bu illatdan qutulish onson bo‘ladi, agar, bu naqadar og‘ir va qabih sifat ekanligini bilsak va tushunsak. Lekin, qalb illatlaridan qutulishning eng yaxshi yo‘li, ma’naviy ustozga shogird tushishdir. Qalbni tozalashdek bu ishda (kibr, hasad va boshqalardan) ma’naviy, ruhiy ustozning topshiriqlarini bajarishdan kuchliroq, yordam beruvchi narsa yo‘q.
Manba: azon.uz