Muzokaralar Fors ko‘rfazidagi inqiroz va jahon neft savdosining eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan Hurmuz bo‘g‘ozi atrofidagi keskinlik saqlanib qolayotgan bir paytda bo‘lib o‘tdi.
Avvalgi telefon muloqotlarida ikki vazir xavfsiz dengiz qatnovini tiklash hamda Eron va arab monarxiyalari o‘rtasidagi muloqotni qayta yo‘lga qo‘yish tarafdori ekanini bildirgan edi.
Moskva mintaqadagi keskinlikni pasaytirishdan manfaatdor ekanini ma’lum qildi. Rossiya uchun Er-Riyod bilan aloqalar Yaqin Sharqdagi ta’sirini saqlab qolish imkoniyatini anglatsa, Saudiya Arabistoni uchun turli kuch markazlari bilan diplomatik muloqotni davom ettirish muhim ahamiyatga ega.
Uchrashuv Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 100 yilligi nishonlanayotgan yilda bo‘lib o‘tdi.