FIFA prezidenti Janni Infantino o‘zining rasmiy sahifasida Jahon chempionati oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga omad tiladi.
"O‘zbekiston terma jamoasiga bu yozda Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadigan 2026 FIFA World Cupda omad tilayman!
Jahon futbol sahnasidagi tarixiy debyutini o‘tkazadigan O‘zbekiston milliy jamoasiga eng ezgu tilaklarimni bildiraman. Muxlislarini faxrlantirish, tarixda yangi sahifa ochish va butun dunyoga o‘z imkoniyatlarini namoyish etish yo‘lida ularga muvaffaqiyat tilayman!", — deya yozdi FIFA rahbari.