Bugun 10 may, 2024 yil, juma

КИР

Indoneziyada koronavirusga qarshi birinchi bo‘lib prezident emlandi

Indoneziyada koronavirusga qarshi birinchi bo‘lib prezident emlandi

Indoneziya prezidenti Joko Vidodo kecha, 13 yanvar kuni koronavirusga qarshi emlandi. Ommaviy emlashni boshlab bergan ushbu jarayon milliy telekanallar orqali namoyish etildi. 

Prezident ma’muriyati rahbari Xeru Budi Xartono hukumat a’zolari ishlab chiqilgan jadvalga muvofiq boshqa kunlarda emlanishini ma’lum qildi. 

Indoneziyada Xitoyning Sinovac vaksinasi tasdiqlangan bo‘lib, sinovlarda uning samaradorligi 65,3 foizni tashkil etishi aniqlandi. Xitoydan keyin ushbu vaksinani o‘z hududida qo‘llay boshlagan ilk davlat aynan Indoneziya bo‘ldi. Dekabr oyida bu yerga uch million dozaga yaqin Sinovac olib kelindi. Joriy yilning birinchi choragida yana 30 million doza, umuman esa 125 million dozaga yaqin Sinovac vaksinasini olish rejalashtirilgan. Hukumat boshqa vaksinalarni xarid qilish uchun ham muzokaralar olib bormoqda. 

Indoneziyada koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 847 mingdan oshdi.

Kiritildi: 12:01 14.01.2021. O'qildi: 1644 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!