Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Indoneziyada 11 nafar maktab o‘quvchisi daryoga cho‘kib ketdi

Indoneziyada 11 nafar maktab o‘quvchisi daryoga cho‘kib ketdi

Indoneziyaning G‘arbiy Yava provinsiyasida 11 nafar maktab o‘quvchisi daryoga cho‘kib ketdi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.

Qidiruv-qutqaruv xizmati vakili Seni Vulandarining ma’lumot berishicha, mahalliy maktablardan birining 150 nafarga yaqin o‘quvchisi ishtirokida daryo bo‘yida tadbir o‘tkazilgan. Ehtiyotsizlik natijasida 21 nafar o‘quvchi daryoga tushib ketgan.

Keyinroq qutqaruvchilar 11 nafar bolaning jasadini topishgan. Qolgan bolalar qutqarib olingan, ikki nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Vulandarining so‘zlariga ko‘ra, hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Kiritildi: 18:25 16.10.2021. O'qildi: 2027 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!