Indoneziya Prezidenti Prabovo Subianto mamlakat G‘azo sektoridan 1000 nafar yarador va yetim bolani vaqtincha qabul qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Hozirda prezident Yaqin Sharqqa yo‘l olgan bo‘lib, u mintaqa yetakchilari bilan G‘azodagi inqirozni hal qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda.