AQSh Davlat departamenti 2022-yilda Pokiston hukumatini Imron Xonni Ukrainadagi urushga nisbatan betarafligi tufayli bosh vazirlik lavozimidan chetlashtirishga undadi.
Bu haqda Intercept nashri qo‘liga tushgan maxfiy hukumat hujjatiga tayanib yozmoqda. Gap o‘sha yilning 7 martida Pokiston elchisi Asad Majid Xon va Davlat departamentining ikki yuqori martabali vakili ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida ketmoqda.
Muhokamalardan so‘ng Pokiston emissari Islomobodga telegramma yo‘llab, Xon o‘z lavozimidan chetlashtirilsa, Vashington “iliqroq munosabatlar” o‘rnatishga va’da bergani haqida xabar berdi. Aks holda, AQSh o‘z sherigini "izolyasiya" bilan tahdid qilgan.