Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Imron Xon: "Men AQShning tahdidi tufayli lavozimimdan ketganman"

Imron Xon: "Men AQShning tahdidi tufayli lavozimimdan ketganman"

AQSh Pokistonni rejim o‘zgarishi uchun shantaj qildi. Bu haqda aprel oyida Pokiston parlamenti ishonchsizlik votumi qabul qilgan sobiq bosh vazir Imron Xon Sunday Times gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Siyosatchiga ko‘ra, Vashington Islomobodga Imron Xonni lavozimidan chetlatishdan bosh tortsa, oqibati bilan tahdid qilgan. "O‘tgan 40 yil ichida rahbariyatimiz AQSh bizdan talab qilgan hamma narsaga asosan bo‘ysundi", dedi Xon.

Sobiq bosh vazir Amerika ma’muriyatini takabburlik va o‘z mamlakatining ichki ishlariga aralashishda aybladi. Uning aytishicha, Afg‘onistondagi urushni tanqid qilgani AQShning g‘azabiga sabab bo‘lgan. "Amerikaliklar hech qachon mamlakat madaniyatini yoki ular bilan muomala qilayotgan odamlarni tushunmagan", dedi u.

Kiritildi: 18:29 20.06.2022. O'qildi: 4540 marta. Fikrlar soni: 5 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!