Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ilon Maskning kompaniyasi oyga astronavtlarni yuboradi

Ilon Maskning kompaniyasi oyga astronavtlarni yuboradi

Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi oyga astronavtlarni yuboradi.

«Bu bizning oyga qaytishimizdagi yana bir hayajonli qadam», - deydi NASA tomonidan boshqariladigan missiyalar dasturi rahbari Keti Lyuders.

SpaceXdan tashqari Djeff Bezosning Blue Origin kompaniyasi Lockheed Martin , Northrop Grumman va Draper, shuningdek Dynetics birgalikda odamlarni sun’iy yo‘ldosh yuziga yetkazish huquqi uchun kurashdilar.

Ma’lum qilinishicha, Orion kosmik kemasi to‘rtta astronavtni oy stansiyasiga olib boradi. Shundan so‘ng, ulardan ikkitasi Mask kompaniyasiga tegishli Starship kemasi tomonidan oyga yuboriladi.

Qayd etilishicha, sun’iy yo‘ldosh yuziga kosmik kemani qo‘nish tizimini yaratish qiymati deyarli 3 milliard dollarga tushadi.

2020 yil may oyida NASA oyni o‘rganish va uning hududida foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha xalqaro qoidalarni tavsiflovchi xalqaro Artemidi kelishuvlarini taqdim etgan.

Shartnomada ko‘rsatilgan o‘nta yangi prinsipga ko‘ra, hozirda kelajakdagi oy bazalari atrofida «xavfsiz zonalar» tushunchasi joriy etiladi. Bundan tashqari, NASA olingan ilmiy ma’lumotlarning ommaviy almashinuvini, shuningdek oyda kosmik kemalarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taklif qilgan.

Kiritildi: 20:42 17.04.2021. O'qildi: 1922 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!