Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ilon Mask oxirgi uyini ham sotuvga qo‘ydi. Chunki...

Ilon Mask oxirgi uyini ham sotuvga qo‘ydi. Chunki...

Tesla kompaniyasi asoschisi va dunyoning eng boy odamlaridan biri Ilon Mask o‘ziga tegishli uylardan oxirgisini ham sotishga qaror qilganini aytdi. Mask San-Fransisko ko‘rfazida joylashgan uyini sotib, bir yil avval bergan va’dasining ustidan chiqadi. U o‘shanda o‘ziga tegishli barcha ko‘chmas mulk va boshqa mulkining katta qismini sotishini e’lon qilgandi.

«Oxirgi uyimni ham sotishga qaror qildim. Uni biror katta oila sotib olishi kerak. Bu o‘zgacha joy», deb yozgan tadbirkor Twitter’da.

Mask katta mol-mulkka egaligi tanqid qilinganiga javoban uni sotib yuborishga va’da bergandi. Tadbirkorga tegishli oxirgi uy sotilishi haqidagi xabar esa ProPublica notijorat tashkiloti olib borgan surishtiruv natijalari e’lon qilingandan bir hafta o‘tib paydo bo‘ldi. Surishtiruvga ko‘ra, 25 nafar eng boy amerikalik, jumladan, Mask qonunda belgilangandan ancha kam daromad solig‘i to‘lagan.

2020 yil mayida milliarderga tegishli butun ko‘chmas mulk — Los-Anjeles va San-Fransiskodagi 7ta hashamatli uy 100 mln dollarga baholangan. Mask oxirgi uyini sotgach unda birorta ko‘chmas mulk ob’ekti qolmaydi. Milliarder 2020 yildan boshlab Texasda o‘ziga tegishli SpaceX kompaniyasiga qarashli uyda ijarada yashab kelmoqda.

Kiritildi: 08:40 16.06.2021. O'qildi: 3556 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!