Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Ilon Mask milliardlarini yo‘qotishda davom etmoqda

A A A
Ilon Mask milliardlarini yo‘qotishda davom etmoqda

Amerikalik tadbirkor, SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi Ilon Mask Tesla aksiyalarining narxi tushishi oqibatida bir kunda 14 milliard dollar yo‘qotdi. Bu haqda Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlariga tayanib «Korrespondent.net» xabar berdi.

Bu yo‘qotishdan keyin hozirda Maskning boyligi 176 milliard dollarni tashkil qilmoqda. Lekin tadbirkor hozir ham dunyoning eng boy kishilari ro‘yxatida ikkinchi pog‘onani band qilib turibdi.

Ro‘yxatning birinchi o‘rinida Amazon asoschisi Jeff Bezos turibdi. Uning boyligi ham 5,55 milliard dollarga qisqarib, 180 milliardni tashkil qilmoqda.

Bungacha ham Ilon Mask bir kecha kunduzda 15 milliard dollarni boy bergan edi. Bu yo‘qotishga ham Tesla aksiyalari narxining tushib ketishi sabab bo‘lgan.

Avvalroq «arzon» Tesla butun dunyo bo‘ylab sotuvga chiqishi haqida xabar berilgan edi

Kiritildi: 14:37 27.02.2021. O'qildi: 3601 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik