Amerikalik tadbirkor, SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari Ilon Mask Rossiya prezidentini duelga chorladi.
"Men Vladimir Putinni duelga chaqiraman. Garov – Ukraina", deb yozgan Mask Twitter sahifasida.
Avvalroq Mask Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro mavzusini ko‘targan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uning kompaniyalari SpaceX va Tesla xomashyo bilan logistika sohasida inflyasiya bosimiga duch kelmoqda.