Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Ilon Mask endi dunyodagi eng boy odam emas

Ilon Mask endi dunyodagi eng boy odam emas

Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatidagi peshqadamlikni boy berdi. Forbes va Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, lyuks tovarlar ishlab chiqaruvchi LVMH kompaniyasi rahbari Bernard Arno endi dunyodagi eng boy odam. Bu haqda VVS xabar bermoqda.

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Maskning boyligi hozir 178 milliard dollarni tashkil etadi. U, OAVning hisob-kitoblariga ko‘ra, elektromobil ishlab chiqaruvchi Teslaning qariyb 14 foiziga egalik qiladi va oktyabr oyida Twitterni 44 milliard dollarga sotib oldi.

Shu bilan birga, Arnoning umumiy boyligi 188 milliard dollarni tashkil qilmoqda.

LVMH – Fransiyaning hashamatli tovarlar konglomerati. Kompaniya 1987 yilda Louis Vuitton va Moët Hennessy moda uylarining birlashishi natijasida tashkil etilgan. Hozirda 75 ta lyuks brendlari mavjud. 2021 yilda LVMH Yevropadagi eng qimmat kompaniya deb topildi. Biznesni Arnoning oilasi boshqaradi.

Mask birinchi marta 2021 yilning bahorida Forbes milliarderlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallagandi. O‘shanda uning boyligi 219 milliard dollarga yetgan va Amazon asoschisi Jeff Bezosni ortda qoldirgan edi.

O‘shanda fransuz tadbirkori Bernard Arno uchinchi o‘rinda edi. U birinchi marta 2020 yilda kuchli uchlikka kirgan. O‘shandan beri Arno oilasining boyligi, Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, ikki barobardan ko‘proq - 76 milliard dollardan 158 milliard dollargacha oshgan.

Kiritildi: 18:46 14.12.2022. O'qildi: 2520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!