Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

“Ilhom” teatri binosida yong‘in sodir bo‘ldi

A A A
“Ilhom” teatri binosida yong‘in sodir bo‘ldi

Teatr matbuot xizmatining xabar berishicha, spektakllar tergov yakuniga qadar to‘xtatilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Ma’lum qilinishicha, bugun 03:34 da teatr binosida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 03:39 da voqea joyiga yetib borib, 20 daqiqada uni bartaraf qilgan.

Yong‘in oqibatida teatr binosining 1-qavat xollida 80 kv.m maydonda ichki qismi va jihozlari yonib zararlangan. Binoning 600 kv.m. maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Hozirda yonin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Kiritildi: 13:53 12.12.2022. O'qildi: 1425 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik