Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ikki yoshli bolakay to‘qqizinchi qavatdan tushib ketib, tirik qoldi

Ikki yoshli bolakay to‘qqizinchi qavatdan tushib ketib, tirik qoldi

Yaponiyaning Kavasaki shahrida ikki yoshli bolakay to‘qqizinchi qavatdan tushib ketib, tirik qoldi. TASS xabarida go‘dak tuprog‘i yaqinda ag‘darilgan o‘tloq ustiga tushgani aytilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, onasi qo‘shninikiga chiqqanida uyda yolg‘iz qolgan bola balkonning derazasini ochishni uddalagan va undagi panjara to‘siq orasidan sirg‘alib pastga tushib ketgan. Shu uyda yashovchi ayol o‘tloqda yotgan go‘dakni ko‘rib qolib, zudlik bilan “tez yordam” chaqirgan, bolaning faqat oyog‘i singani aytilgan. Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.​​

Manba: O‘zA

Kiritildi: 10:02 26.10.2018. O'qildi: 1341 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!