“Hududgazta’minot“ AJ xodimlari tomonidan Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatida suyultirilgan gaz ta’minotidagi qonunbuzilish holatini aniqlashga qaratilgan nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, “Ko‘kdalatumangaz“ GTB chilangar ta’minotchisi I. N. va haydovchi B. X. tumanning “Chorvador“ MFY hududidagi iste’molchilarga tarqatilishi ko‘zda tutilgan 110 dona maishiy gaz ballonlarni belgilangantartibda tarqatmasdan, mazkur mahallada yashovchi B. A. xonadoniga 34 dona gaz ballonini tushirayotganianiqlangan. Shuningdek, ushbu xonadonda 8 dona bo‘sh gaz ballonlari borligi ma’lum bo‘lgan.
Shuningdek, Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahar Bodomzor ko‘chasida istiqomat qiluvchi S. U. xonadonida maishiygaz ballonlari qoidalarga zid ravishda saqlanayotgan “bunker“ aniqlangan. Xonadon ko‘zdan kechirilgandasuyultirilgan gaz bilan to‘ldirilgan 35 dona va bo‘sh holdagi 48 dona maishiy gaz ballonlari borligi ma’lumbo‘ldi.
Mazkur ikki holat davomida 1 380 kg suyultirilgan gaz mahsuloti talon-taroj qilinishining oldi olindi.
Holatlar yuzasidan dalolatnomalar tuzilib, barcha hujjatlar FVB va huquq-tartibot organlariga taqdimetildi, — deyiladi xabarda.