Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Ikki onali bola dunyoga keldi. Ayollar bepushtligiga qarshi inqilobiy ixtiro

Ikki onali bola dunyoga keldi. Ayollar bepushtligiga qarshi inqilobiy ixtiro

Gresiyada tug‘ilgan bolada uchta odamning genlari jam bo‘lgan. 9 aprel kuni tug‘ilgan bola ham, uning onasi ham soppa-sog‘.

Bu bolaning dunyoga kelishiga sababchi bo‘lgan ispan va grek tadqiqotchilarining aytishicha, bu eksperiment farzand ko‘ra olmaydigan millionlab ayollar uchun imkoniyat yaratishi mumkin.

Ayrim ayollarning bepusht bo‘lishiga ularning tuxum hujayrasidagi metoxondrial kasalliklar sabab bo‘ladi. Hatto tug‘a oladigan ayrim ayollarning metoxondriyasida avloddan-avlodga o‘tuvchi irsiy kasalliklar mavjud. Bunday vaziyatlarda ayol umuman tug‘maydi, tug‘sa ham bolaga irsiy kasallik o‘tadi.

Tadqiqotchilar qo‘llagan yangi usulga ko‘ra, ayoldan olingan tuxum hujayrasidagi metoxondriya olib tashlanadi va o‘rniga boshqa ayolning tuxum hujayrasidan olingan metoxondriya joylanadi. So‘ng laboratoriyada tuxum hujayra erkak urug‘ hujayrasi bilan chatishtiriladi va ayol bachadoniga joylanadi. Shu bilan ikki onali, bir otali bola dunyoga keladi.

Gresiyadagi Hayot instituti bilan hamkorlikda ishlagan ispan embriologi Nuno Kosta-Borxesning aytishicha, ushbu usul qo‘llansa, behisob ayollar ona bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lishi mumkin. Bu ayollardagi bepushtlikka qarshi inqilobiy ilgari siljishdir.

Batafsil

Tug‘ilajak bolaning hujayra yadrosidagi 23 juft xromosomaning yarmi erkakdan, yarmi ayoldan o‘tadi. Ya’ni yadrodagi DNKning yarmi ayoldan, yarmi erkakdan keladi. Ammo genlar faqat yadroda bo‘ladi deb o‘ylash xato. Hujayradagi metoxondriya deb atalmish organellada ham DNK bo‘ladi. Bu organellani hujayraning energetika stansiyasi deb atash mumkin. Metoxondriya bolaga faqat ayoldan o‘tadi. Ya’ni har birimizning hujayramizdagi metoxondriya genlari onamizdan o‘tgan. Ana shu jihatdan olsak, bola asosiy genetik materialni otadanmas, onadan oladi deyish mumkin.

Ayrim ayollarning metoxondriyasida genetik kasallik bo‘lishi mumkin. Bunda ayol yo butunlay bepusht bo‘lishi, yoki kasalligini bolasiga o‘tkazishi mumkin.

Metoxondriyani boshqa ayoldan olib turish orqali muammoni hal qilish mumkin. Ammo tug‘ilajak bolaning energiya stansiyalari boshqa ayolniki bo‘ladi, deydi minbar.uz .

Kiritildi: 05:38 16.04.2019. O'qildi: 3250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!