Aksilterror operasiyasining o‘tkir bosqichi ortda qoldi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev parlamentning yalpi majlisida ma’lum qildi.
«Umuman olganda, aksilterror operasiyasining o‘tkir bosqichi ortda qoldi, barcha hududlarda vaziyat barqaror. Shu munosabat bilan KXSHT tinchlikparvar kuchlarining asosiy missiyasi muvaffaqiyatli yakunlanganini e’lon qilaman. Ikki kundan keyin KXSHT tinchlikparvar birlashgan kontingentini bosqichma-bosqich olib chiqish boshlanadi», — dedi Qasim-Jomart Toqayev.
Davlat rahbari, shuningdek, KXSHT kuchlarini mamlakatdan olib ketish jarayoni 10 kundan oshmasligini ta’kidladi.