Bugun 29 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Ijtimoiy soliq tushumlarini taqsimlash miqdorlari belgilandi

Ijtimoiy soliq tushumlarini taqsimlash miqdorlari belgilandi

Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan ijtimoiy soliq tushumlari quyidagicha taqsimlanadi:

✅ Byudjet tashkilotlari bo‘yicha:

🔵 byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga — 98,0 foiz;
🔵 Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga — 1,2 foiz;
🔵 Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasiga — 0,4 foiz;
🔵 O‘zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasi kengashiga —
0,4 foiz;

✅Boshqa to‘lovchilar bo‘yicha:

🔵 byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga — 95,9 foiz;
🔵 Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga — 2,5 foiz;
🔵 Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasiga — 0,8 foiz;
🔵O‘zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasi kengashiga — 0,8 foiz.

2026 yil 1 yanvardan quyidagi summalar 2025 yilda hisoblab chiqarilgan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim:

🗣uy-joy fondining ko‘chmas mulk ob’ektlari, shu jumladan, ommaviy baholashdan o‘tkazilgan ob’ektlarga 2018 yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq summasi;

🗣uy-joy fondining ko‘chmas mulk ob’ektlari joylashgan
er uchastkalarida jismoniy shaxslardan undiriladigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yer solig‘i summasi.

Kiritildi: Bugun 17:32. O'qildi: 209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!