Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

IIV avtomashinasi borlarni jiddiy ogohlantirdi

A A A
IIV avtomashinasi borlarni jiddiy ogohlantirdi

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati mashinada harakatlanayotganlarni ogohlantirdi.

Gidrometeorologiya xizmati Markazining xabariga ko‘ra, joriy yilning 12-14 may kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali xorijiy janubiy hududlar (Eron) ustida shakllangan nam havo oqimi kiradi.

12-14 mayda respublikada vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 13-14 may kunlari ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

Respublikaning ba’zi tumanlariga do‘l yog‘ishi mumkin.

Shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, shamol shiddati 23-28 m/s gacha yetishi mumkin.

12-14 may kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

Barcha yo‘l harakati ishtirokchilaridan yo‘llarda harakatlanganda ehtiyotkor bo‘lishlarini, zaruratsiz ko‘chaga chiqmasliklarini so‘rab qolamiz, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabarida.

Kiritildi: 13:00 12.05.2020. O'qildi: 20229 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik