Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

IIBB va Milliy gvardiya Toshkent bozorlari atrofidagi hududlarni tartibga keltirishga kirishdi

IIBB va Milliy gvardiya Toshkent bozorlari atrofidagi hududlarni tartibga keltirishga kirishdi

«IIBB: xalq bilan muloqot (Toshkent)» guruhiga bir vaqtning o‘zida fuqarolardan poytaxtdagi yirik bozorlar atrofidagi yo‘llardagi harakatni tartibga keltirish bo‘yicha bir nechta murojaat kelib tushdi.

Xususan, noroziliklar «Toshkent ipak yo‘li» («Abu-Saxiy»), «O‘rikzor», «Farhod», «Qo‘yliq», «Yunusobod» va boshqa bozorlar yaqinidagi harakatlarga taalluqli edi. Odamlar o‘z murojaatlarida bozordagilar avtomobillarini ikki, hattoki uch qator qilib qoldirishlari va ularni deb avtobuslar bekatga yaqinlasha olmasliklaridan norozi bo‘lmoqda. Piyodalar ham piyodalar yo‘lakchasigacha 200-300 metr yurishga erinib, yo‘lni xohlagan joylaridan kesib o‘tib, avariyaviy holatni keltirib chiqarmoqda.

Shanba, 25 may kunidan boshlab Toshkentning barcha yirik 14 ta bozorlari yaqinida YPX, PPX xodimlaridan va Milliy gvardiya xodimlaridan tashkil topgan qo‘shimcha guruhlar xizmat olib bormoqda.

To‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzgan haydovchilarga, belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tgan piyodalar, yo‘l chetida va yer osti yo‘laklarda noqonuniy savdo bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga nisbatan choralar ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, fuqarolarga quylaylik yaratish maqsadida bozorlar yaqinida ko‘p qavatli avtoturargoh yoki bozorga keladigan avtomobillarni o‘rtacha sonini sig‘dira oladigan to‘lovli turargohlar qurish bo‘yicha bir qator takliflar tayyorlanmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari patrul olib boradigan kunlarda tartib darajasi oshmoqda.

«Ijtimoiy tarmoqlarda xorijiy shaharlar yo‘llaridagi tartib aks etgan surat va videolarni tarqatishganda biror kim o‘ylab ko‘rarmikan: nima sababdan ularda tartib bor-u, bizda yo‘q? Javob esa ravshan — ularda yo‘l harakati qoidalarini buzish mumkin emas. Bu esa inson madaniyati va ko‘rgan tarbiyasini aks etadi. Ularda bozor, maktab, bolalar bog‘chasi darvozasi, ofis eshigi yaqiniga avtomobilni taqab haydab kelish hech kimning hayoliga ham kelmaydi. Chunki ular o‘zlariga qulay joyda mashina qoldirish boshqalar uchun noqulaylik tug‘dirishini bilishadi», — deyiladi IIBB xabarida.

Kiritildi: 09:53 28.05.2019. O'qildi: 2053 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!