Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

II Xalqaro maqom san’ati anjumaniga 80 ga yaqin davlatdan vakillar qatnashishi kutilmoqda

II Xalqaro maqom san’ati anjumaniga 80 ga yaqin davlatdan vakillar qatnashishi kutilmoqda

Maqom san’ati o‘zining jozibasi, betakror ohangi va mavzu mohiyati bilan dunyo ahlini hamisha hayratlantirib kelgan.

Jizzax viloyatining Zomin tumanida 27–30 iyun kunlari «II Xalqaro maqom san’ati anjumani» o‘tkaziladi. O‘zbekistonda ikkinchi marotaba o‘tkazilayotgan anjumanda 80 ga yaqin davlatdan 400 nafardan ortiq vakillar qatnashishi kutilmoqda.

Xalqaro hay’at tomonidan ko‘rik-tanlov ishtirokchilarining chiqishlari uchta nominasiya: «Eng yaxshi maqom ansambli», «Eng yaxshi yakkaxon cholg‘u ijrochisi» va «Eng yaxshi yakkaxon xonanda» bo‘yicha baholanadi, deyiladi Turizm qo‘mitasi ma’lumotida.

«II Xalqaro maqom san’ati anjumani» doirasida «Maqom san’atining nazariy va amaliy asoslari: muammo va yechimlar» mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi ham bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 16:27 24.06.2024. O'qildi: 626 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!