Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ifloslik! Ota o‘z qizlarini zo‘rladi

Ifloslik! Ota o‘z qizlarini zo‘rladi

Uch farzandini yolg‘iz tarbiyalab kelayotgan ota hibsga olindi. Ma’lumotlarga qaraganda, u o‘n hamda o‘n bir yoshli qizlarini zo‘rlaganlikda ayblanmoqda. Qizlarning onasi onalik huquqidan mahrum etilgan bo‘lib, ularning tarbiyasida ishtirok etmaydi, deya xabar berdi “mk.ru”.

Rossiya Federasiyasining viloyat bo‘yicha tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bo‘lgan voqea haqida opa-singillarning o‘zi maktabdagi o‘qituvchilariga aytib berishgan. Qizlarning so‘zlariga ko‘ra, otasi 2019 yil dekabr oyida ularga qarshi jinsiy zo‘ravonlik qilgan.

Yanvar oyida esa o‘quv muassasasi direktori huquq-tartibot idoralariga ariza yozgan.

36 yoshli Omsk yashovchisiga qarshi 14 yoshgacha bo‘lgan o‘smirni zo‘rlash bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib,  12 yildan 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin

O‘z oilasida zo‘ravonlikka uchragan qizlar hozirda ijtimoiy reabilitasiya markazida. Jinoyatning barcha holatlari aniqlashtirilmoqda.

Kiritildi: 20:45 24.01.2020. O'qildi: 15305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!