Suriyaning Idlib viloyatida o‘tgan payshanba kuni boshlangan hujumlar natijasida 4 kunda kamida 13 bola halok bo‘ldi. Bu haqda YUNISEF ma’lum qildi, deya xabar berdi "azon.uz".
Tashkilotning Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha direktori Giirt Kappelayr tarqatgan yozma bayonotda aytilishicha, birgina Idlib shimolidagi Zardana qishlog‘ida amalga oshirilgan hujum 9 nafar bolaning umriga zomin bo‘ldi. Viloyatning qamal ostidagi Fua va Kafraya hududlarida esa jami 4 bola o‘lgan.
Idlib Suriyaning boshqa hududlaridan ko‘chib kelgan 1 million bolaga mezbonlik qilmoqda. Oilalar yashashga joy topa olmagani uchun ommaviy boshpanalar va maktablarda qolishiga to‘g‘ri kelmoqda.
Umuman, Idlibda 4 kunlik hujumlar 63 kishining o‘limiga, 100 dan ziyod kishining yaralanishiga sabab bo‘ldi.