Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

“Ichkarida” serialidagi Sarp — Chag‘atoy Ulusoy qamaldi!

A A A
“Ichkarida” serialidagi Sarp — Chag‘atoy Ulusoy qamaldi!

Nafaqat Turkiyada, balki “Ichkarida” serialidagi Sarp (Sarif) obrazi orqali o‘zbek kinomuxlislarining ham sevimlisiga aylangan mashhur aktyor Chig‘atoy Ulusoy hibsga olindi.

Esingizda bo‘lsa, 2013 yilda Turkiya polisiyasi tomonidan o‘tkazilgan operasiyada bir qancha turk san’ati yulduzlari hamNarkotik moddlar oldi-sotdisi aybi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan, bir muddat hibsda bo‘lib, ulardan bir qanchasi ozodlikka chiqarilgandi.

Mashhurlar ichida “Turkiya-2011 go‘zali” tanlovida ikkinchi o‘rinni olgan, “Kara sevda” (“Sevgi iztirobi”) hamda “Muhtasham yuz yil” seriallari orqali tanilgan aktrisa Gizem Karaja, o‘zbek kinomuxlislariga Osiyo serialidagi obrazi bilan yodda qolgan Jemal Xunal, Muhtasham yuz yil va Ko‘sem seriallarida rol ijro etgan Ergun Tash, “Ichkarida” seriali qahramoni Chig‘atoy Ulusoy (Sarp obrazi), xonanda Jenk Eren, Aysha Selin va yana bir qancha mashhurlar bo‘lgan.

Sud mahkamasi Chig‘atoy Ulusoy va Gizem Karajalarni “Giyohvand modda savdosi” bilan shug‘ullangani uchun 4 yilu 2 oyga, xonanda Jenk Erenni 6 yilu 3 oyga hibs jazosiga hukm etdi.

Hukm o‘qib bo‘linganlar ichida faqat Jenk Erenning ozodlikdan mahrum etish muddati 5 yildan ziyod bo‘lganligi uchun apellyassiya berish huquqi bor. Shuningdek, Chag‘atoy Ulusoyning advokati va bir qancha huquqshunoslarning gapiga qaragnda, aktyorning hukm muddati 1 yilu 9 oyga qisqartirilishi mumkin.

Turkiya matbuotining xabar berishicha, Ulusoyning hibs jazosi ayni damda u suratga tushayotgan serialga katta zarar keltirdi. Chag‘atoy Ulusoy “Netfliks” serialida tansoqchi rolini ijro etayotgandi. Ammo serial mutasaddilari tavakkal qilmoqchi emaslar. Aktyorga qo‘lidan kelgancha yordam berib, uning jazosini 1 yilu 9 oyga qisqartirishga urinishyapti. Mabodo, apellyasiya ish bergan taqdirda ham, serialning suratga olish ishlari uch oy kam ikki yilga to‘xtab turadi. Qolaversa, prodyuserlarga rejessiyor boshqa bir mashhur aktyor rolni davom ettirsin, degan taklif bildirmoqda. Ammo na serial mutasaddilari va na ishtirokchilar bu haqda hech qanday bayonot berishmayapti.

 

Kiritildi: 04:52 17.05.2018. O'qildi: 9629 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!