Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

«Ibrat» filmining katta premyerasi bo‘lib o‘tdi

A A A
«Ibrat» filmining katta premyerasi bo‘lib o‘tdi

"O‘zbekkino" Milliy agentligi buyurtmasiga binoan "Kinomaniya" studiyasi tomonidan suratga olingan "Ibrat" filmining premyerasi yangicha ko‘rinishdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida tantanali ravishda bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Milliy agentlik axborot xizmati xabar berdi. 

Tarixshunos, tilshunos olim, jadidchi Ishoqxon Ibrat haqidagi film 4 oktyabr kuni o‘tkazilgani bejizga emas. 82 yil avval aynan shu kuni yurtimizning ko‘plab ma’rifatparvar jadidlari qatag‘on qilingan kun. Shu munosabat bilan ularning xotiralari yod etildi.

Tadbirda «O‘zbekkino» MA bosh direktori birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev, film rejissyori Jahongir Qosimov, O‘zbekiston xalq artisti Saidkomil Umarov va boshqalar so‘zga chiqishdi.

"Ibrat" filmini yurtimizning barcha kinoteatrlarida tomosha qilishi mumkin.

Kiritildi: 09:47 05.10.2020. O'qildi: 1638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik