«Los-Anjeles Gelaksi» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich ilk klubi bo‘lmish «Malmyo»ga qaytishi mumkinligini istisno etmadi.
«Ha, men „Malmyo“dan taklif olganman. Klubdagilar uyga qaytishim va futbolchilik faoliyatimni Shvesiyada yakunlashimni istashadi. Men eshiklarni yopmayman va bu taklifni o‘rganib chiqaman.
Men ko‘plab katta klublarda to‘p surganman, ko‘p kuchli futbolchilar bilan jamoadosh bo‘lganman va hamisha o‘z oldimga maqsad qo‘yganman. Men „Malmyo“da o‘ynay boshlaganimda, u yerdagilar men yaxshi futbolchi ekanim, ammo ko‘p gol ura olmasligimni aytishgandi. Lekin men buni uddaladim. Endi mening hisobimda 500 gol bor, bu esa har qanday futbolchi uchun orzu. Ayniqsa, mening oxirgi golimni hech kim takrorlay olmaydi, chunki faqat men shunday gol urishim mumkin», — deya Ibrahimovichning so‘zlarini keltirgan Goal.com.
Manba: tribuna.uz