Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Hyundai yangi Elantra’ni taqdim etdi

A A A
Hyundai yangi Elantra’ni taqdim etdi

Hyundai kompaniyasi Shimoliy Amerika bozori uchun maxsus yangilangan Elantra sedanini rasman taqdim etdi. Model o‘zgartirilgan tashqi ko‘rinishga va kengaytirilgan xavfsizlik tizimiga ega bo‘ldi. Bu haqda «Motor» xabar berdi.Yangilangan Hyundai Elantra’ning barcha qismlari faol xavfsizlik vazifalariga ega bo‘lgan. Ular qatorida qarama-qarshi to‘qnashishning oldini olish tizimi hamda avtomatik tormozlash vazifasi, ko‘rinmaydigan hududlarni nazorat qilish, harakat qatorini o‘zgartirish haqida ogohlantirish, shuningdek, orqani ko‘rsatish kamerasi va boshqalar o‘rin olgan.Mashina 149 ot kuchiga ega 1,4 va 1,6 litr sig‘imli dvigatel bilan jihozlangan. Dvigatelga bog‘liq ravishda sedan olti darajali mexanik, avtomat yoki yetti darajali robot tezlik uzatish qutisiga ega bo‘lishi mumkin.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 19:08 23.08.2018. O'qildi: 1168 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!