Husiylar Isroil bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri dengiz to‘qnashuviga harbiy tayyorgarlik boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda Livanning "Al Akhbar" gazetasi Sanadagi harbiy manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Harakat vakillari O‘rta yer dengizida Isroil va AQSh harbiy-dengiz kuchlariga raketa va dronlardan foydalangan holda hujum qilishlarini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bu harakatlarda "Iroqdagi islomiy qarshilik" va hatto "Hizbulloh" kabi guruhlar ishtirok etishi mumkin.