"Ansor Alloh" harakati (husiylar)ga aloqador Yaman kuchlari G‘azo sektorini qo‘llab-quvvatlash amaliyoti doirasida bir hafta davomida raketalar va uchuvchisiz havo vositalari yordamida AQSh va Isroil nishonlariga 22 marta hujum uyushtirdi. Bu haqda Yaman hutiylari yetakchisi Abdul-Malik al-Xutiy "Al Masira" telekanalida aytib o‘tdi.
Hutiy yetakchisining qayd etishicha, hutiylarga aloqador Yaman qurolli kuchlari joriy haftada AQSh va Isroil nishonlariga gipertovushli ballistik raketalar va dronlardan foydalangan holda 22 ta operasiya o‘tkazgan.
Hutiyning aytishicha, zarbalar Isroilning Tel-Aviv shahri, Ben Gurion aeroporti, Nevatim havo bazasi va Quddusdagi elektr stansiyasiga berilgan.
Unga ko‘ra, 11 ta raketa va uchuvchisiz uchuvchisiz uchoq bilan urilgan Amerikaning USS Harry S. Truman aviatashuvchi kemasi ham Yaman hutiylari hujumiga uchragan.
2024 yilda AQSh va Buyuk Britaniya Yamanga havodan va dengizdan 931 ta hujum uyushtirdi. AQSh va Buyuk Britaniyaning Yamandagi hujumlarida 106 kishi halok bo‘ldi, 314 kishi yaralandi, dedi al-Hutiy.