Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Hujjatlari yo‘q ota 11 yoshli o‘g‘liga avtomobil boshqaruvini topshirdi va...

Hujjatlari yo‘q ota 11 yoshli o‘g‘liga avtomobil boshqaruvini topshirdi va...

Surxondaryo viloyati hududidan o‘tgan M 41 xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lida xizmat olib borayotgan YPX xodimi A.Choriyev "Labo" rusumli yuk avtomobilini to‘xtatgan vaqtida, haydovchi 11 yoshli, 5-sinfda o‘qiydigan Ulug‘bek ismli bola ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Ulug‘bekning yonida, avtomobilning old o‘rindig‘ida otasi ham bo‘lgan. YPX xodimi bilan suhbat davomida otasining "O‘g‘limga ishonaman. O‘zim ham oliy ma’lumotliman" degan so‘zlari kishini ajablantiradi. Xodim otasidan me’yoriy hujjatlarini so‘raganda, ota ham hech qanday hujjat taqdim eta olmadi. Qoidabuzarliklar yuzasidan belgilangan tartibda chora ko‘rildi. 
 

Kiritildi: 17:37 30.08.2020. O'qildi: 2530 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!