Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Hududlarda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda

Hududlarda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlarning VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida hududlarda Biznes-ombudsman devoni mas’ul xodimlari ishtirokida tadbirkorlar bilan uchrashuv va sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Jumladan, Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganilib, Prezidentimizning PF–100-son Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tadbirkorlar uchun gaz ta’minoti sohasidagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan alohida uchrashuv ham o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida tashkil etilgan ochiq muloqot va sayyor qabulda esa tadbirkorlar tomonidan kredit ajratish, yer va mulk munosabatlari, infratuzilma, ishlab chiqarishni kengaytirish hamda eksport faoliyatini rivojlantirishga oid murojaat va takliflar bildirildi.

Shuningdek, Jizzax viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan tadbirkorlarning ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tashkil etilgan maxsus Shtab faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojaatlarni ko‘rib chiqish, ularni hal etish mexanizmlarini takomillashtirish hamda ochiq muloqotga sifatli takliflar tayyorlash masalalari muhokama qilinib, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Uchrashuvlar davomida tadbirkorlarning tizimli va individual muammolari qabul qilinib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullar belgilandi hamda har bir murojaat ijrosi alohida nazoratga olindi.

Kiritildi: 22:40 10.06.2026. O'qildi: 160 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!