Bugun 9 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Hududlarda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlar qo‘lga tushdi

Hududlarda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlar qo‘lga tushdi

Departamentning Koson tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda YATT “M.X.” fuqaro X.B. va boshqalar “Yangiobod” MFY hududidagi novvoyxonada tijorat maqsadida gaz tarmog‘iga yashirincha ulanib, jami 151,8 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari, shuningdek o‘zlarining noqonuniy harakatlarini yashirish maqsadida tekshiruvga soxta hujjatlarni taqdim etganliklari aniqlangan.

Shuningdek, Departamentning Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “O.O`." MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binosida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 131,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:15. O'qildi: 263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!