Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

«Hududiy elektr tarmoqlari» xodimlariga nisbatan 25 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

«Hududiy elektr tarmoqlari» xodimlariga nisbatan 25 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

1 avgust holatiga ko‘ra, prokuratura «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ korxonalari xodimlariga nisbatan 25 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Dastlabki hisob-kitoblar bo‘yicha 1,9 mlrd zarar yetkazilgan, deya xabar qildi O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Xabarda qayd etilishicha, Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (O‘zenergoinspeksiya) va Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (O‘zneftgazinspeksiya) tomonidan qonunbuzilishlarni aniqlash yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda.

Jinoyat ishlari O‘zbekiston Jinoyat kodeksining «talon-taroj qilish», «firibgarlik», «elektr, issiqlik energiyasi, gaz va suv tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini buzish»,"mansab vakolatini suiiste’mol qilish", «soxtalashtirish» va boshqa moddalari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan.

Energetika tizimidagi korxonalarining aybdor shaxslariga nisbatan ozodlikdan mahrum etish (3 kishi), axloq tuzatish ishlari (2 kishi), jarima (1 kishi) va boshqa jazo choralari tayinlandi.

Hozirgi vaqtda yetkazilgan zarardan 116,3 mln so‘mi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ korxonalarining hisob-raqamlariga qaytarilgan. Shuningdek, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 21,1 mln so‘m miqdorida zarar yetkazganlik holati bo‘yicha Zirabuloq magistral gaz tarmog‘i boshqarmasining 2 nafar xodimiga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 06:45 22.08.2019. O'qildi: 1242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!