Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

“Huawei” “Google” bilan raqobatlasha oladimi?

“Huawei” “Google” bilan raqobatlasha oladimi?

Xabarlarga ko‘ra, “Huawei”  o‘zining xaritalar xizmatini ishlab chiqmoqda. Bu dastur “Google Maps” xaritalar dasturiga raqobatchi bo‘lishi kutilmoqda.

Ushbu harakat AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi avj olgan paytda Vashingtonning kompaniyaga qarshi bosimini yengishga qaratilgan. Agar kompaniya AQShning qora ro‘yxati tufayli “Google Maps” ga kirish huquqidan mahrum bo‘lsa, “Huawei” o‘z xaritalash xizmatlarini oktyabr oyining boshlarida ishga tushirishi mumkin, deya xabar beradi “China Daily” .

Biroq “Map Kit” deb nomlangan dastur to‘g‘ridan-to‘g‘ri aholi uchun mo‘ljallanmagan, balki ishlab chiqaruvchilarni xaritalash imkoniyatlariga asoslangan dasturiy ta’minot yaratishi uchun mo‘ljallangan. Rossiyadagi internet-xizmatlarni yetkazib berish bo‘yicha yirik xizmat ko‘rsatuvchi “Yandex” provayderi, shuningdek, AQShning sayohat agregatori bo‘lgan veb-sayt “Huawei” bilan xaritalash xizmatida hamkorlik qiladigan  kompaniyalardan  hisoblanishadi.

“Map Kit” ishga tushganda 40 tilda faoliyat yuritadi va yaxshiroq xizmatlarni taqdim etish uchun “Huawei”ning telekommunikasiya sohasidagi yutuqlaridan foydalanadi. U 160 dan ortiq mamlakat va mintaqalarda telekommunikasiya stansiyalaridan foydalanadi. Bu esa ushbu xaritalash xizmatiga bir vaqtning o‘zida yo‘lda harakatlanish va yuqori darajadagi aniq navigasiya tizimiga kirishga imkon beradi, bu hatto yo‘nalishlarini o‘zgartirayotgan avtoulovlarni ham topa oladi.

Kiritildi: 17:59 18.08.2019. O'qildi: 1686 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!