Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Hozirgi paytda Rossiya va AQSh munosabatlari xavfli qutblashish chizig‘iga kelib qoldi

Hozirgi paytda Rossiya va AQSh munosabatlari xavfli qutblashish chizig‘iga kelib qoldi

“REGNUM” xabarida aytilishicha, bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov mahkama yig‘ilishida fikr bildirdi.

“Rossiyaga tizimli bosimlar uyushtirilmoqda, AQSh o‘z ittifoqchilari bilan birga Moskvaga nisbatan kuchli mafkuraviy ziddiyat muhitini hosil qilmoqda”, deyiladi yig‘ilish bayonotida.

Aniqlik kiritilishicha, AQShning bunday siyosati xalqaro huquq me’yorlariga zid.

Ayni paytda bayonotda, Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Jo Baydenning iyundagi Jeneva uchrashuvidan keyin o‘zaro manfaatli sohalardagi muloqot jonlanishidan umid qilinayotgani aytilgan.

Kiritildi: 13:55 22.07.2021. O'qildi: 4002 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!