Bugun 12 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

"Hovlida yashagan sirdaryolik "dom"da yashab, tirikchilik qila oladimi?". Javob berildi

A A A
"Hovlida yashagan sirdaryolik "dom"da yashab, tirikchilik qila oladimi?". Javob berildi

Xabaringiz bor Sirdaryoda suv omboridan talofat ko‘rganlar uchun ko‘p qavatli uylar qurib berilishi tarmoqlarda keskin muhokamaga sabab bo‘lgan edi. Ana shu mavzu yuzasidan Moliya vaziri o‘rinbosari Yorqin Tursunov quyidagicha izoh berdi.

"Shu yuzasidan bitta narsani aytmoqchiman. Yuqorida aytildi, uy-joy qurib beriladi va tomorqa yeri ham qoldiriladi. Misol qilib aytaman. Masalan, Do‘stlik massivida (uyi buzilganlar uchun) yangi uylar quriladi. Qo‘rg‘ontepa mahallasida (avvalgi yashagan joylari - tahr.) uyi buzilgan fuqarolar o‘sha Do‘stlikda yashab, avvalgi o‘zining tomorqasida, orasidagi masofa 500 metr 1 km.ni tashkil etadi, o‘sha o‘zining mahallasida bemalol dehqonchilik bilan shug‘ullanib, daromad ko‘rishlari mumkin", - dedi vazir o‘rinbosari.

Kiritildi: 15:23 16.05.2020. O'qildi: 4467 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!