Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Hormuz bo‘g‘ozida 2 million barrel neft bo‘lgan supertanker portlab ketdi

Hormuz bo‘g‘ozida 2 million barrel neft bo‘lgan supertanker portlab ketdi

Hormuz bo‘g‘ozida ichida 2 million barrel neft bo‘lgan supertanker dengiz minasiga urilib, portlab ketdi.

Bu haqda Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) Harbiy-dengiz kuchlari bayonotida aytilmoqda.

"Qoidalarni buzgan kema Ho‘rmuz bo‘g‘ozining janubida dengiz minasiga urilib portladi va yonib ketdi", — deyiladi harbiylar bayonotida.

Qayd etilishicha, kema barcha radiolokasiya va navigasiya tizimlarini o‘chirib qo‘ygan hamda korpus harbiy-dengiz kuchlarining ogohlantirishlariga e’tibor bermay, ruxsat etilmagan janubiy yo‘nalish orqali bo‘g‘ozdan chiqib ketishga uringan.

Kiritildi: 09:50 21.10.2026. O'qildi: 1662 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik